145 yillik klub yopilmaydi!

Mirjalol Normatov
29 avg 2019
"Bolton"ni moliyaviy qiyinchiliklardan olib chiqadigan homiy topildi.

Klub "Football Ventures (Whites) Limited" konserciumiga sotildi. Shu orqali jamoa barcha cheklovlardan ozod bo'ldi va Angliya futbol ligasidan chetlatilmaydi.

May oyidan buyon "Bolton" moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolib ketayotgandi. 27 avgustda klubga yangi homiy topish uchun 2 hafta vaqt bergandi.

"Bolton" 1874 yilda tashkil topgan. 145 yillik klub ushbu mavsumni -12 ochko bilan boshladi va dastlabki to'rt o'yinda 1 ochko jamg'arib, 0:12 ko'rinishidagi to'plar nisbatini qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express