13 iyun kuni jonli efirda O'zbekiston kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlanadi

Alisher
4 iyun 2020, 18:23
13 iyun kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Shu kuni Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuvning tanaffusida "Bunyodkor" stadionida Coca Cola O'zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur'a tashlanadi. Qur'a "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ushbu bosqichda Pro liganing barcha 8 jamoasi ishtirok etadi. Qur'a sakkiz jamoani to'rt juftlikka ajratib beradi. Ikkinchi bosqichga yo'l olgan to'rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. G'oliblar Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichiga yo'llanma oladi. 

Takidlash joiz, "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" o'yini 13 iyun kuni soat 19:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz