12 yilda ilk marotaba evrokuboklar yarim finali nemis klublarisiz bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2017, 10:14
Bu yil 2004/05 mavsumdan so'ng ilk marotaba Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi yarim final bosqichlari nemis klublarisiz o'tadi.

"Bavariya" Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ga, Dortmundning "Borussiya" klubi esa "Monako"ga mag'lub bo'ldi.

Yevropa ligasi chorak finalida "Shalke" "Ayaks"ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi.

2004/05 mavsumda "Bavariya" "Chelsi"ga mag'lub bo'lib, Chempionlar ligasini tark etgan edi. "Bayer" va "Verder" avvalgi bosqichlarda turnirdan chiqib ketgan. "Alemaniya", "Shalke" va "Shtutgart" UEFA Kubogining 1/16 finalida mag'lub bo'lishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia