

Shu munosabat bilan Toshkent Shahar futbol federatsiyasi 2008 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida festival o'tkazdi. "Yoshlik" sport arenasida bo'lib o'tgan festivalda "Paxtakor" jamoasining 2008 yilda tavallud topgan yosh futbolchilari ishtirok etishdi. Jami to'rt jamoa o'zaro bellashdilar. Festivalda natijaga e'tibor qaratilmadi. Barcha uchrashuvlar yakuniga etgach, eng yaxshilarga maxsus sovrin va faxriy yorliqlar topshirildi. Bundan tashqari, har bir ishtirokchi bolakay faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Festival haqida Toshkent Shahar futbol federatsiyasi musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i - Xojiakbar Otajonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Bugungi festivalni "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tashkillashtirdik. Ushbu festivalda "Paxtakor" jamoasining 2008 yilda tavallud topgan yosh futbolchilari qatnashishdi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad - bolalarda futbolga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish, sportga bo'lgan mehrini orttirish va ularni ruhlantirish", - deb aytib o'tdi Xojiakbar Otajonov.

Festival fotogalereyasini quyidagi linkda tomosha qilishingiz mumkin.



