Zlatan Ibragimovich: "Eng muhimi – hozir shu yerdaligim"

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2020, 20:16
Zlatan Ibragimovich "Milan"ga qaytgach, taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men doim aytganman, Milan mening uyim, endi men qaytdim. Bir necha yil oldin bu yerda o'tgan davrim kechagidek esimda. O'tgan vaqt davomida turli jamoalarda to'p tepdim, turli shaharlarda bo'ldim, ammo eng muhimi – bu hozir men shu yerdaligim. Bundan juda xursandman. 

Vanihoyat men shu yerdaman. Endi meni "San-Siro"da kutinglar va uni yana "portlatamiz", – dedi Ibragimovich.

Bugun 38 yoshli forvard Milanga uchib keldi va tibbiy ko'rikdan o'tgach, "Milan" bilan shartnomaga imzo qo'yadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru