Ziesh A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
12 fev 2021, 10:15
"Chelsi" o'yinchisi Xakim Zieshga "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Chelsi"ga Tomas Tuxel kelganidan so'ng marokashlik o'yinchi tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va murabbiy unga mavsumning katta qismida ishonch bildirmasligini ma'lum qildi.

Futbolchi joriy mavsum "ko'klar" tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

"Milan" va "Yuventus" klublari yozgi transferlar oynasida Xakimni o'z saflariga qo'shib olishga harakat qilishadi. Eslatib o'tamiz, "Chelsi" Xakim Zieshni 2020 yilning yozida "Ayaks"dan 40 million evro evaziga xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercatoweb