Zidanning o'g'li “Real”ni tark etadigan bo'ldi

Lyuka Zidan yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartiradi.

“Real”ning zaxira posboni bo'lgan Lyuka faoliyatini Fransiyaning 2-divizioni vakili “Klermon” jamoasida olib borishi kutilmoqda.

Joriy mavsum kichik Zidan “Real” asosiy tarkibida atigi 1 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta gol o'tkazib yubordi. Madridliklarning ikkinchi jamoasida esa u 26 ta o'yinda qatnashib, 33 ta gol o'tkazdi.


Manba: France Football