Zidan: “Top darajadagi murabbiylar ko'p, ammo u eng zo'ri”

Eldor Akmurzayev
25 fev 2020, 20:50
“Real” ustozi “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan “shaharliklar” murabbiyi Pep Gvardiola haqida iliq fikr bildirdi.

YCHLning 1/8 finalidan o'rin olgan “Santyago Bernabeu”dagi bellashuv ertaga tungi 01:00ga belgilangan. 

“Gvardiola dunyoning eng yaxshi murabbiyimi? U buni “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti”da ko'rsatdi. Top darajadagi mutaxassislar ko'p, ammo u eng zo'ri. “Siti”da to'pni nazorat qilish bilan birga boshqa kuchli jihatlar ham mavjud. Biroq, asosiysi biz nima qilishimiz zarurligi muhimroq. Mana shunisi bizni ko'proq qiziqtiradi”, – deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA