Zidan: "PSJ hayratlanarli natijalarga erishdi"

Aslanov Jasurbek
7 dek 2017, 14:34
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar ligasi 1/8 finalida kim bilan o'ynashning farqi yo'qligini aytdi.

Madrid klubi o'z guruhida ikkinchi o'rinni egalladi.

"Qur'a haqida o'ylayotganim yo'q. PSJga to'xtaladigan bo'lsak, klub juda yaxshi ishladi, jamoa ko'p gol urmoqda. Fracniya jamoasi hayratlanarli natijalarga erishdi. Ammo hozircha qur'a haqida gapirishga erta, bizning boshqa vazifalarimiz ham bor" - deydi Zidan.

11 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Chempionlar ligasi. Keyingi bosqichda qanday juftliklar bo'lishi mumkin?

Yevropa chempionlar ligasi. 1/8 finalga chiqqan barcha klublar ma'lum

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola