Zidan MYUni boshqarmaydi

Mirjalol Normatov
25 okt 2021, 22:23
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"ni boshqarmoqchi emas.

Gap shundaki, fransiyalik mutaxassis biroz dam olmoqchi. Faqatgina PSJ yoki Fransiya termasidan tushadigan takliflar uning tezroq ishga qaytishiga sabab bo'lishi mumkin.

So'nggi paytlarda PSJ rahbariyati Maurisio Pochettino qo'l ostidagi jamoaning o'yinidan qanoatlanmayapti.

Zidan may oyida "Real" boshqaruvidan ketgandi. "Liverpul"dan qabul qilingan 0:5 hisobidagi mag'lubiyat esa Ole-Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted"dagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal