

"Ibragimovich muammo bo'ladi deb o'ylamayman. U PSJda yaxshi o'ynayapti. Zlatanda egoizm bor, ammo u maydonda o'zini xuddi chempiondek tutadi. Uning feli shunday. Ibragimovich va Ronalduning felini hech kim o'zgartira olmaydi. Zlatan kelajagi haqida hech narsa bilmayman, ammo bu turdagi futbolchi doimo kerak" - deydi Zidan.



