Zidan dunyoning faqat to'rtta klubida ishlashga tayyor

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2022, 23:35
Fransiyalik taniqli mutaxassis Zinedin Zidan dunyoning faqat to'rtta klubida ishlashni xohlaydi.

RMC Sport xabariga ko'ra, murabbiy "Real"dan tashqari o'zini PSJ, "Bavariya" yoki "Yuventus"da ham ko'rsatishi mumkin. Zidan Premer-ligada ishlashni istamayapti.

Qayd etilishicha, Zinedinning PSJ bilan muzokaralari davomida murabbiyning Marselda tug'ilgani muammo tug'dirmagan. Futbolchilik faoliyati davomida unga o'zini PSJ libosida tasavvur qilish qiyin bo'lardi, ammo hozir bu masalaga xotirjamlik bilan yondashadi.

Oldinroq Zidan PSJni rad etgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport