Zidan Beylning agentiga keskin javob berdi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2019
Real bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnettaga javob berdi.

Kecha Barnetta Zidanni - sharmanda deb atagandi. Bunga Zindanning Beyl haqida bergan intervyusi sabab bo'lgandi.

- Birinchidan, men unga nisbatan behurmatlik qilmadim. Doim bitta gapni aytaman: futbolchilar - klubning eng muhim bo'g'ini, ularni doim qo'llab-quvvatlayman. Ikkinchidan, klub uni sotmoqchi ekanini aytdim xolos.

Uchinchidan, Garet Bavariyaga qarshi o'yinda o'zi istagani uchun o'ynamadi. Agar klub uning kyetishi borasida muzokara o'tkazayotgan bo'lsa maydonga tushmasligini ma'lum qildi. Hozircha Beyl Arsenalga qarshi bahsda maydonga tushmayman degani yo'q. U odatiy tarzda mashg'ulotlarda ishlamoqda, ko'ramiz, ertaga nima bo'larkin, - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Beyl Bavariya bilan o'yinni agentining Xitoy klubi bilan muzokara o'tkazayotgani bois o'tkazib yuborgani aytilgandi.

Beyl Realda 2013 yildan buyon to'p tepmoqda. Uning yana 3 yillik shartnomasi bor, unga ko'ra har yili 17 million evro maosh olishi kerak.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com