Joze Mourinyu: "Transfer bozori yopilgunicha hujumchi olishga intilamiz"

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 15:37
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub transfer bozori yakunlangunga qadar hujumchi sotib olish bilan shug'ullanishini aytdi.
"Eslatib o'tamiz "arstokratlar" bir necha bora "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runini harid qilishga urinib ko'rdi.

"Biz ohirigacha hujumchi sotib olishga urinamiz. Biroq hozirgi vaqtda har bir hujumchining o'z klubi bor. Har bir futbolchi qaysidir klubga qarashli. Shuning uchun kimgadir tegishli hujumchining ismini tilga olish etikaga to'g'ri kelmaydi deb hisoblayman. Biz o'zimizni boshqa jamoalardek tutmaymiz. Chunki bu futbolchilarning hozirgi jamoasida o'zini tutishiga ta’sir qiladi. Agar biz kimgadir qiziqsak, rasmiy taklif bilan chiqamiz. To'g'ridan-to'g'ri rahbariyat bilan gaplashamiz", dedi Mourinyo.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru