Joze Mourinyo: "Oldin "Chelsi"ni sovrinlarni sotib olishda ayblashgandi"

Tolibjon Qosimov
3 fev 2014, 15:16
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo moliyaviy feyr-pley borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Chelsi" moliyaviy feyr-pleyga to'la amal qiladi. Biz uchun bu juda muhim.

Men birinchi bor "Chelsi"ni qabul qilib olganimda hech qanday feyr-pley bo'lmagandi. Agar klub boy bo'lsa va uni xo'jayinida pul ko'p bo'lsa barcha yo'llar ochiq edi.

O'shanda barcha bizni sovrinlarni sotib olishda ayblagandi. Balki, hozir odamlar "Siti"dek klublarga boshqacha qarashar", – deydi Mourinyo.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru