Joze Mourinyo - "Chelsi" rekordchisi
Narzulla Saydullayev
9 noya 2014, 17:16
"Chelsi"ning "Liverpul" ustidan qo'lga kiritgan g'alabasi (2:1) London klubi bosh murabbiyiga rekord qayd etishi uchun zamin yaratdi, deb xabar bermoqda A Bola nashri.
"Aristokratlar" mavsumdagi dastlabki 17ta o'yinda umuman mag'lub bo'lishmadi: 13ta g'alaba va to'rtta durang. "Ko'klar" 29 ochko bilan Angliya premer-ligasida peshqadamlik qilishmoqda.