Joze Mourinyo: Biz menimcha, premer-liganing eng kuchli jamoasini mag'lub etdik

Narzulla Saydullayev
28 okt 2013, 09:13
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya premer ligasining 9-turidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan (2:1) so'ng quyidagilarni aytib o'tdi.
Biz uchun juda muhim bo'lgan bahsda g'olib bo'ldik. Menimcha premer-liganing eng kuchli klubini mag'lub etdik.

Jamoam ko'rsatgan o'yin va xaraktyerdan mamnunman.

Torres birinchi bo'limda qulay imkoniyatdan foydalana olmaganidan so'ng butkul o'zgardi. Shundan so'ng biz haqiqiy Fernando Torresni ko'rdik.

Fernando so'nggi soniyaga qadar g'alabaga ishongani uchun taqdirlandi, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru