Joze Mourinyo: Aston Villa durangga loyiq edi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 08:52
Chelsi ustozi Joze Mourinyo Angliya chempionatining oldinga surilgan 3-tur o'yini doirasidagi Aston Villaga qarshi kechgan (2:1) uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Juda qiyin o'yin bo'ldi. Odatda Real bilan o'z maydonimizda osonlik bilan zafar quchardik, bu yerda esa hammasi boshqacha. Lambertga o'yindan so'ng jamoasi durangga loyiq o'yin ko'rsatganini aytdim.

Aston Villa futbolchilari butun o'yin davomida kurashishdi. Ularda alohida o'yinchi bor - Benteke. Jamoa Kristianga to'pni uzatishga harakat qilaverdi. Bunday jamoaga qarshi o'ynash oson emas, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru