JCH-2014 stadionlari. “Milliy stadion” (Brazilia)

Narzulla Saydullayev
29 may 2014, 17:27
2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar San Paulu shahridagi “Arena de Korintians”, Natal shahrida barpo etilgan “Arena das Dunas” hamda Fortalezadagi “Estadio Kastelan” va Manausdagi "Arena Amazoniya" stadionlari haqida ma'lumot bergandik.

Bugun Braziliya poytaxti Brazilia shahrida qad rostlagan "Mane Garrincha nomidagi Braziliya milliy stadioni" haqida ma'lumot beramiz

Milliy stadion – faqat futbol uchun atalgan arena, u federal okrugiga tegishli. Stadion 1974 yilning 10 mart sanasida ochilgan. Poytaxt klublaridan biri "CEUB" "Korintians"ni qabul qilgan. Mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongan.



Ushbu stadion Jahon chempionati o'yinlarini qabul qilish ma'lum bo'lgach, 2010 yil eski stadionni buzib tashlashdi. Yangi stadionga yangi nom berilgan: endi "Mane Garrincha" stadioni Mane Garrincha nomidagi Braziliya milliy stadioniga aylandi. Uning sig'imi 53dan 71 mingacha kattalashtirildi. Bu stadion 2013 yil Konfederatsiyalar kubogi musobaqasining ochilish uchrashuvini qabul qilgan.

Bu stadionda Rio-de-Janeyro mezbonlik qiladigan Olimpiadaning bir nechta o'yinlari bo'lib o'tadi.
 


To'liq nomi: "Estádio Nacional de Brasília Mané Garrincha"
Stadion qurilgan: 1974 yil 10 mart
Stadion qayta ta'mirlangan: 2013 yil 15 iyun
Stadion egasi: TERRACAP
Stadion sig'imi: 68,009
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: estadionacionaldebrasilia.com.br/portal



Qizilqarli faktlar
1982 yilning 25 dekabr kuni ushbu stadionda afsonaviy Garrincha o'zining oxirgi uchrashuvini o'tkazgandi. Mane mahalliy Planaltina jamoasi safida 20 daqiqa harakat qildi. Bir oy o'tgach Garrincha vafot etgandi, 1983 yilda esa stadionga uning nomi berilgan.

Stadion mamlakat poytaxtida joylashganiga qaramay Braziliada hech qanday katta klub yo'q.



Ushbu stadionga rekord miqdordagi tomoshabin 1998 yil B seriya finali vaqtida kelgan - 51200. "Gama" "Londrina"ni 3:0 hisobida mag'lub etib yuqori divizionga yo'l olgandi.

Rekonstrukciyasidan so'ng stadionda katta koncertlar tashkil qilish imkoni yaratildi. Birinchi katta koncertni 2013 yil 17 sentyabr kuni taniqlik Beyons taqdim etgandi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
15 iyun

Shveytsariya – Ekvador

19 iyun
Kolumbiya - Kot D'Ivuar

23 iyun
Kamerun - Braziliya

26 iyun
Portugaliya - Gana

30 iyun
1/8 final (E1 - F2)

5 iyul
1/4 final

12 iyul
Uchinchi o'rin uchun o'yin



Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia