Janluiji Buffon: “Real” yaxshi formada emas, biroq bunga ishonib qolmaslik kerak”

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 16:37
“Yuventus” klubi darvozaboni Janluiji Buffon, klubning Chempionlar ligasi 3-tur guruh bosqichi doirasida “Real”ga qarshi o'tkazadigan o'yini borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Aytishlaricha ayni paytda ular yaxshi sport formasida emas ekanlar, biroq bunga ishonib qolmaslik kerak.

“Real”da shunday futbolchilar yig'ilganki, ular o'yining xohlagan daqiqasida o'z kuchlarini namoyish etishlari mumkin.

“Qirollik klubi” ustidan qozonilgan g'alaba biz uchun katta natija bo'ladi”, - deydi Buffon.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru