Jahon chempionati rekordlari (1-qism)

Tolibjon Qosimov
2 iyun 2014
2014 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga ham 10 kun vaqt qoldi.
Saytimiz ijodkorlari mundialga oid turli xil maqolalarni e'tiboringizga havola etib kelishmoqda. Bugundan JCH ga oid turli rekordlarni berib boramiz.

-   JCH da eng ko'p ishtirok etgan terma jamoa – Braziliya (20 marta).

-   JCH finaliga eng ko'p chiqqan terma jamoa – Braziliya (7 marta; 1950, 1958, 1962, 1970, 1994, 1998, 2002).
Germaniya (7 marta; 1954, 1966, 1974, 1982, 1986, 1990, 2002).

-   JCH ni eng ko'p yutgan terma jamoa – Braziliya (5).



-   Eng ko'p o'yin o'tkazgan terma jamoa – Germaniya (99).

-   JCH o'yinlarida eng ko'p g'alaba qozongan terma jamoa – Braziliya (67).

-   Bitta JCH o'yinlarida eng ko'p g'alaba qozongan terma jamoa – Braziliya (2002 yil barcha ettita o'yinni yutgan).

-   Eng ko'p g'alabali seriya – Braziliya (11 ta, 2002-2006).

-   Eng uzun mag'lubiyatsiz seriya – Braziliya (13 ta, 1958-1966).

-   Eng ko'p mag'lub bo'lgan terma jamoa – Meksika (26).

-   Penaltilar seriyasida eng ko'p qatnashgan terma jamoa – Germaniya, Italiya, Fransiya (4 martadan).



-   Bitta JCH da eng ko'p penaltilar seriyasi tepilgan – JCH-1990, JCH-2006 (4 tadan).

-   Penaltilar seriyasida eng ko'p g'alaba qozongan terma jamoa – Germaniya (4 marta).

-   Bitta JCH da penaltilar seriyasida eng ko'p g'alaba qozongan terma jamoa – Argentina (JCH-1990 da 2 marta).

-   Penaltilar seriyasida eng ko'p mag'lub bo'lgan terma jamoa – Angliya, Italiya (3 martadan).



- O'zaro eng ko'p o'yin o'tkazgan terma jamoalar – Braziliya-Shvetsiya (7 marta; 1938, 1950, 1958, 1978, 1990, 1994 da ikki marta).

Xorij materiallari asosida Tolibjon Qosimov tayyorladi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia