Bu haqda Tojikiston Futbol Federatsiyasining Feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.
FIFA prezidenti Zepp Blatter 24 mart kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keladi va ikki kun davomida ushbu mamlakatda bo'ladi. Jahon futboli rahbari tashrifi davomida Tojikistonda e'lon qilingan Ommaviy futbol yilini ochib beradi. Ochilish marosimi 25 mart kuni Dushanbedagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadi.
Xuddi shu kuni Zepp Blatter Tojikiston Superkubogi uchrashuvida ham mehmon bo'ladi. Ushbu uchrashuvda Tojikistonning amaldagi chempioni, Ko'lobning Ravshan va amaldagi Kubok sohibi, Dushanbening Istiqlol jamoalari o'zaro maydonga tushadi. O'yin Dushanbedagi Markaziy stadionda o'tkaziladi.
Blatterning rasmiy tashrif davomida Tojikiston rahbariyati va mamlakat futbol federatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan, – deyiladi TFF xabarida.