“Zenit” o'z uyida “Ufa”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 00:08
Rossiya chempionatining 10-turi doirasidagi yana bir uchrashuv yakunlandi.

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida "Ufa" jamoasini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bugungi g'alabadan so'ng “Zenit” 24 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi. 

Piterliklar eng yaqin taqibchilari “Krasnodar”dan 3 ochkoga o'zib ketishdi. “Ufa” esa 10 ochko bilan 11-pog'onadan joy olgan.

Rossiya chempionati. 10-tur

Zenit – Ufa 3:0 (2:0)

18 sentyabr, 22.00. “Krestovskiy” stadioni

Gollar: 1:0 – 9 Driussi, 2:0 – 22, penalti Krishito, 3:0 – 77 Kokorin.

“Zenit” – Lunev, Mammana, Krishito, Smolnikov, Ivanovich, Eroxin, Noboa (Kaplenko, 82), Kranevitter (Paredes, 86), Kokorin, Driussi (Rigoni, 64), Dzyuba.

“Ufa” – Belenov, Yokich, Alikin, Tabidze, Jivoglyadov, Oblyakov (Vanek, 64), Stockiy, Zaseev (Salatich, 75), Paurevich, Igboun, Fatai (Sisuev, 72).

Ogohlantirishlar: Paurevich (83), Igboun (90)



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: