Zaxiradan tushib gol urish borasida "Buxoro" chempion

Narzulla Saydullayev
15 dek 2017, 12:38
2017 yilgi oliy liga bahslari yakuniga bag'ishlangan maqolalar berishda davom etamiz.

Zaxiradan o'yinga qo'shilib gol uradigan futbolchilar jahon futbolida ham, o'zimizda ham juda ko'p. Bu mavsumda oliy ligada 58 nafar futbolchi zaxiradan maydonga tushib gol urishning uddasidan chiqdi. Navoiyning "Qizilqum" klubi safida umuman zaxira futbolchisi gol urgani yo'q.

Bu borada eng yaxshi natijani "Buxoro" klubi qayd etdi. Ulug'bek Baqoev zaxiradan maydonga tushirgan 9 nafar futbolchi o'sha o'yinda gol urdi. Keyingi o'rinda mamlakat chempioni "Lokomotiv" va Samarqandning "Dinamo" klublari borishmoqda.


Oliy liga-2017. Zaxiradan maydonga tushib gol urganlar soni

"Qizilqum" - 0
"Qo'qon-1912" - 1
"Mashal" - 1
"So'g'diyona" - 2
"Metallurg" - 3
"Navbahor" - 3
"Paxtakor" - 3
"Sho'rtan" - 3
"Olmaliq" - 4
"Bunyodkor" - 4
"Nasaf" - 4
"Neftchi" - 4
"Obod" - 4
"Dinamo" - 6
"Lokomotiv" - 7
"Buxoro" - 9

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia