Zanolo "Atalanta"ga o'tishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2024
"Galatasaroy" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo "Atalanta" safiga borib qo'shilishga rozi.

Endi Bergamo klubi ushbu transferni turklar bilan hal qilishga urinib ko'radi. "Atalanta" Nikoloni keyin sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishni mo'ljallamoqda. Hozirda "Atalanta"ning taklifi va "Galatasaroy"ning talablari o'rtasidagi farq 1 million evroni tashkil qilmoqda.

Avvalroq futbolchi A Seriyada o'ynash niyatidaligini ma'lum qilgandi.

O'tgan mavsum xavbek ijara huquqi asosida "Aston Villa" sharafini himoya qilishga ham ulgurgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com