
"O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Bu bahs muxlislarbop o'tdi. Bizlarga omad yetishmadi. Jamoamiz harakat qildi. Biroq o'yin so'nggida yana g'alabani qo'ldan chiqarib qo'ydik. Xatolar ustida ishlaymiz va muammolarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Raqib haqida nima deyish mumkin? "Olmaliq" o'rtamiyona jamoa. Ularni ja kuchli deb ham bo'lmaydi. Shunga yarasha biz ham tengma-teng o'ynadik. Bu jamoaning futbolchilari mahorat bobida boshqalardan qolishmaydi", - deb o'z fikrlarini yakunladi "Sho'rtan" hujumchisi Zafar Polvonov.
Shahboz Beg'amov yozib oldi.