Zabitcer "RB Leyptsig"dan ketishga qaror qildi

Alisher
30 mar 2021, 14:02
"RB Leyptsig" xavbeki Marsel Zabitcer yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirmoqchi.

27 yoshli futbolchining xizmatlariga Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

Gap "Manchester Yunayted", "Liverpul" va Londonning "Tottenxem" klublari haqida ketmoqda. "Shporlar" ustozi Joze Mourinyu anchadan beri avstriyalik futbolchining xaridini xohlamoqda.

Marsel joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning "buqalar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Get German Football News