Yuventus yulduzi Londonga ko'chib o'tishga yaqin

Khoja
28 iyul 2024, 10:12
Federiko Keza faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin.

Sport Mediaset'ning xabar berishicha, 26 yoshli vinger Italiyada qolmaydi. U Roma yoki Napoliga o'tmaydi. Yuventus futbolchisi 30-35 mln evro evaziga Tottenhem safiga qo'shilishga yaqin turibdi.

O'tgan mavsumda Federiko Keza A Seriyada 33 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com