“Yuventus” va “Milan” Aaron Remzi uchun kurashadi

“Arsenal” yarim himoyachisi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Uning xizmatlariga ayni damda “Yuventus” va “Milan” klublari qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Aaronning Ispaniyaga yo'l olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Remzi amaldagi mavsumda APLning 6 uchrashuvida qatnashib, 2 ta golga assistentlik qildi.


Manba: Football Italia