“Yuventus” va “Barselona” Lorente va Sanchesni almashish yo'llarini ko'rib chiqishyapti

Tolibjon Qosimov
23 iyun 2014
“Yuventus” murabbiylar shtabi “Barselona” hujumchisi Aleksis Sanchesga qiziqib qolishdi.
Kataloniya klubi 25 million evro evaziga futbolchini transferga qo'yishga rozi. Italiya klubi buncha pulni futbolchiga sarflamoqchi emas, ammo “Yuventus” murabbiyi Antonio Konte “qizil-anorranlilar” hujumchisini Fernando Lorentega almashtirishga tayyorligini aytgan. “Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrikega markaziy hujumchi kerak va Lorente varianti mutaxassis uchun qiziq bo'lishi aniq.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com