"Yuventus" uch hujumchidan birini qo'lga kiritmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2022, 16:47
Turin klubi hujum chizig'ini kuchaytirish uchun uch kishilik short-list shakllantirdi.

"Yuve" avvalroq “Chelsi” a'zosi Kristian Pulishich bilan bog'langan edi. Endi La Liganing yana ikki yulduzi – "Atletiko"da harakatlanayotgan Antuan Grizmann va "Real" hujumchisi Marko Asensio ham A Seriya klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. 

Xuddi Pulishich kabi Grizmann va Asensio o'z jamoalarida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun kurashmoqda. Grizmann La Ligada bittagina o'yinni asosiy tarkibda boshladi. 26 yoshli vinger Asensio Madrid klubida ushbu mavsum barcha musobaqalarda atigi 48 daqiqa harakatlandi, xolos.

"Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri yozda Paulo Dibala va Deyan Kulusevski bilan yo'llari ayrilgach hujum chizig'ini kuchaytirishga intilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport