"Yuventus" Ronalduning o'rniga nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
3 apr 2020
"Yuventus" rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoadan kyetishi ehtimoliga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, turinliklar PSJda o'ynayotgan "Inter" forvardi Mauro Ikardi hamda "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus variantini ko'rib chiqmoqda. Klubi direktori Fabio Paratichi ushbu transfer borasida ikki klubga ham taklif jo'natib bo'lgan.

Oldinroq Ronalduga "Real", PSJ va "Manchester Yunayted"dan takliflar borligi ma'lum bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato