"Yuventus" Pogbani sotib yuborishga tayyor

Mirjalol Normatov
28 iyun 2023, 19:37
Shartnoma tuzilganidan bir yil o'tib, "Yuventus" yarim himoyachi Pol Pogbani sotib yubormoqchi.

Futbolchi mavsumga tayyorgarlikni boshqalardan ko'ra ertaroq boshlaydi va 2 iyul kuni mashg'ulotlarga kirishadi. Biroq "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" xavbekning jismoniy holatiga shubxa bilan qaramoqda, shuningdek, unga yuqori maosh ham yozilgan.

Bu esa Pogbaning yozda jamoadan ketishiga qarab ketmoqda. "Yuventus" Pogba borasidagi takliflarni o'ylab ko'rishga tayyor turibdi. Fransiyalik futbolchi o'tgan mavsumda "Yuve" tarkibida barcha turnirlarda 10 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportface.it