Yuventus Oskarga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2015, 10:00
Chelsi yarim himoyachisi Oskar Yuventus qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Turin klubi skautlari 23 yoshli Braziliya terma jamoasi a'zosini Fransiyaga qarshi o'yinda (3:1) kuzatishdi. O'sha bahsda Oskar gol ham urishga erishdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Yuventus mavsum tugagach yarim himoyachini sotib olishni o'ylamoqda.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Oskar Chelsi bilan shartnomasini 2019 yilga qadar uzaytirgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru