"Yuventus" Neymar uchun kurashga qo'shiladi(mi)?

Sherzod Nurmatov
15 may 2020, 02:18
Braziliyalik hujumchi Turin klubida paydo bo'lishi mumkin.

"Yuventus" rahbariyati kelayotgan transfer oynasida PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda, deb xabar berdi Mundo Deportivo.

Manbaning xabariga ko'ra, turinliklar kelishuv shartlariga hujumchi Paulo Dibalani qo'shish orqali Neymar uchun "Barselona" bilan kurashishga tayyor.

Takidlanishicha, italiyaliklar beradigan maoshi futbolchiga yoqmasligi mumkin, chunki agar Neymar "Yuventus"ga o'tishni istasa, maoshi kamayishiga rozi bo'lishi lozim.

Avvalroq, Neymarning Parijdagi jamoadoshi Leandro Paredes braziliyalik yulduz jamoani tark etmasligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo