

Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Yuventus" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordi. Allegri qo'l ostida hozircha Yevropa chempionatida ishtirok etmagan futbolchilar shug'ullanishni boshlagan. Italiya terma jamoasi a'zolariga esa qisqa tatil berilgan va ular sal keyinroq yig'inga qo'shilishadi.
"Yuventus" jamoasi kechadan boshlab mashg'ulotlarga kirishdi.







