Yurgen Klopp faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
20 dek 2023
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi o'z lavozimidan ozod etilishi mumkin.

"El Nacional" jurnali ma'lum qilishicha, uning o'rniga “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp kelishi mumkin. Nemis mutaxassisi bir necha bor “Barselona” rahbari Joan Laporta bilan gaplashgan.

“Barselona”ning oxirgi vaqtlarda ko'rsatayotgan o'yini va natijasi klub rahbarlari yoqmayapti.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi La Liganing 17-turidan so'ng 35 ochko bilan turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasida kyetishmoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: El Nacional