Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub "Chelsi" yarim himoyachisi Kevin de Bryuynega qiziqmayotganini ma'lum qildi.
– Yozgi transfer bozorida biz anchagina yaxshi futbolchilarni sotib oldik. Jamoamdagi futbolchilardan qoniqayapman. Ayni paytda biz de Bryuyneni kuzatmayapmiz. U "Chelsi" futbolchisi sanaladi, – deydi Klopp Sky Sports ga.