Yupp Xaynkes: Ronaldu Messi bilan dunyoning eng yaxshi futbolchisi. “Bavariya” bilan o'yinda uning eng yaxshi kuni bo'lmaydi deb umid qilaman

14 apr 2018, 09:10
“Bavariya” bosh murabbiyi Yupp Xaynkes YCHL yarim finalida “Real Madrid” bilan o'yinlar oldidan Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o'tdi.

“Krishtianu Ronaldu Leo Messi bilan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U dunyo darajasidagi o'yinchi. U har kuni ishlaydi va bu maqtovga loyiq. Tez-tez o'yin taqdirini hal qilib turadi. Bunday uchrashuvlarda jamoaviy o'yin juda muhim. Bizga qarshi o'yinda uning eng yaxshi kuni bo'lmaydi, deb umid qilaman”, - dedi Xaynkes.

O'xshash yangiliklar


Manba: Kicker