Yovich A Seriya top-klubiga o'tishi mumkin

Alisher
20 iyul 2021, 11:23
"Real" hujumchisi Luka Yovich navbatdagi ijaraga yo'l olishi mumkin.

23 yoshli serbiyalik futbolchi Milanning "Inter" klubiga o'tishi mumkin. "Neradzurrilar" futbolchini kelasi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor.

Luka o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ijara asosida o'tkazdi. Forvard Bundesliga doirasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Yovich 2019 yilda "Real" o'yinchisiga aylangandi. Uning shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira