Yoshlarimiz kechagi gollarni kimga bag'ishlashdi?

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2013, 13:30
Kecha yoshlar terma jamoamiz qo'lga kiritgan g'alaba katta e'tiborga molik bo'ldi desak yangilishmagan bo'lamiz.
Agar kecha e'tibor bergan bo'lsalaringiz har bir gol kiritilgan vaziyatdan so'ng futbolchilarimiz qo'lini tepaga ko'tarib VIP lojaga qaratib nishonladilar. Abbos Maxsitaliev boshlab bergan nishonlashni, Igor Sergeev va Sardor Rahmonovlar davom ettirishdi. Gol kiritilgan vaziyatdan so'ng har bir futbolchi VIP lojaga kelib g'alabani baham ko'rdi. 

Vaziyatga oydinlik kiritish uchun Sardor Rahmonov bilan suhbatlashganimizda Sardor bu g'alaba va gollar "Jama" (Jamshid Iskanderovga)ga qaratilganligini ta'kidlab o'tdi.

Narzulla SaydullayevMuallif