

JCH-2014. "S" guruhi, 2-tur.
YAPONIYA – GRETSIYA 0:0
Natal. “Arena das Dunas” stadioni
Bosh hakam: Xoel Agilar (Salvador)
Yaponiya: Kavashima, Uchida, Xonda, Nagatomo, Okazaki, Okubo, Konno, Yamaguchi, Xasebe (Endo, 46), Osako (Kagava, 57), Yoshida.
Gretsiya: Karnezis, Manyatis, Manolas, Samaras, Kone (Salpingidis, 81), Mitroglu (Gekas, 35), Torosidis, Fetfazidiz (Karagunis, 41), Sokratis, Cholevas, Katsuranis.
Ogohlantirish: Xasebe (13), Katsunaris (26),Torosidis (89).
Chetlatish:Katsunaris (38).
MATNLI TRANSLYATSIYA
YANGILASH
O'YIN TUGADI!
90+3` Yaponiya hujum qilmoqda. Butun o'yin davomida bo'lgani kabi. Gretsiya "avtobus"ga minib o'tiripti.
Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
90` ENDOning zarbasi!!!! Karnezis o'z o'rnida!!!!
89` Jarima to'pi. Yaponiya tepadi. Torosidis esa ogohlantirish oldi.
88` Gretsiya Evro-2004da Portugaliyaga himoyalanish uchun borgandi. Bu safar ular Brazaliyaga ham himoyalanish uchun kelishganmi? Lekin 2004 yilda umuman boshqa Gretsiya edi. Chempion bo'la olgan greklar. Bunisi guruhdan chiqa olmaydigan Gretsiya. Farq katta.
86`Nigeriya - Erondan keyingi eng zerikarli o'yin shu bo'lsa kerak.Balki eng zerikarlisidir.
84`Kavashima zerikib o'tirgandi, bizga o'xshab. Qayerdandir to'p keldi u tomon. Ushlab oldida, keyin zarb bilan maydon markaziga tepib yubordi.
82` YAPONIYANING HUJUMI!!!!! Hech narsasiz yakunlandi!
80`Gretsiya tarkibida o'zgarish. Panagiotis o'rniga Salpingidis tushdi.
77` Okuboning uzoqdan yo'llagan zarbasini Karnezis qaytardi.
75`Okazaki penalti ishlamoqchi bo'ldi. Lekin hakam uning aktyorlik mahoratiga tan berdi va 11-metrlik jarima zarbasini belgilamadi. To'g'ri qildi!
74`Yaponiya 13 marta darvoza tomon zarba yo'lladi. Lekin shularning hech biri darvozadan joy olmayapti...
71` UHHHHHHHH! Uchida hozir oyog'ini uchida gol urishi mumkin edi-ya...
70` Yaponlarni "samuray", "samuray" deydi! Hech biri "samuray"ga o'xshamayapti...
69` Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni chap qanotdan yetib kelgan Okubo deyarli bo'sh qolgan darvozaga aniq yo'llay olmadi, afsus! Gol ko'rishimizga oz qolgandi...
68` YAPONIYA!!!!!!!!!! GOL????? QANI GOL?????? OKUBO!!!!!!!
67` Mikrafonni qo'liga olgan Xondani, qo'shig'ni kuylash paytida tomog'i bo'g'ilib qoldi, o'xshamadi.
66` Jarima to'pi. Mikrafon oldida Xonda!
64` Qo'shiq sal avjiga chiqmoqda. Ijrochilar yaxshi emasku, lekin yo'qdan ko'ra yaxshi...
62`Ayni paytda futbolchilar "gitara", "pianino", "baraban" kabi asboblar bilan "mumtoz" qo'shiq kuylashmoqda.
60` "Avtobus" og'ir harakatlanib, nihoyat raqib jarima maydonchasi oldigacha bordi. Burchak to'pi ham ishlashdi. Ketma-ket to'rt bor amalga oshirilgan "korner"dan ham naf chiqmadi. Aniqrog'i, ularning bittasida yapon posboni Kavashima o'zini ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
57`Shinji Kagava maydonda paydo bo'ldi. Osako o'rniga.
56`Xonda jarimani tepishga tayyorlanayotgan bir paytda, qayerdandir Endo kelib qoldi. Endoning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.
54` EEE MALADES! Yaponiya nihoyat tezlik bilan hujumga o'tdi. Okuboni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan greklar darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.
52` Yaponiya jarima zarbasini amalga oshirishdi. Endoning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'piga hech kim zarba bera olmadi.
50`Gretsiya "avtobus" bo'lsa, Yaponiya "zaporojec" kabi harakatlanyapti.
48` Birinchi bo'limdagi ssenariy boshlandi. To'p "samuraylar"da. Ular esa oldinga o'tishga shoshilishmayapti.
47`Maydon markazidan to'pni o'yinga kiritgan greklar tezda darvoza tomon zarba yo'llashdi. Lekin Samarasning bo'sh darvozaga markazdan tepgan to'pi noaniq chiqdi.
46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45` Zerikarli o'tgan birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS! Biroz dam olamiz va ikkinchi taymdan chiroyli va yorqinroq o'yin kutib qolamiz!
44` Hey oshna, o'zingmisan? Gretsiyaga tegishli bu so'zlar. So'nggi 5 daqiqa faqat ularning hujumi ostida o'tmoqda.
43` Gretsiya jonlandi! Bularga yana bitta qizil ko'rsatsa yanayam yaxshi o'ynar-a, balki?
41`Gretsiyada ikkinchi majburiy o'zgarish. Fetfatsidiz o'rniga Karagunis maydonga tushdi.
40` UHHHHH! Torosidisning zarbasini Kavashima qiyinchilik bilan bartaraf etib yubordi! Qoyil! Mana bo'larkan-u hujum qilsa!
39` QIZIL! Shu kerakmidi senga Katsunaris? Ikkinchi sariq va qizil! Katsunaris "qizil" chiqmagani uchun, qizil oldimi? Gretsiya endi bitta kam bo'lib o'yinni davom ettirishga majbur!
38`Agarda bizni o'qiydiganlar orasida virtual futbol, yani (playstation 3) ko'cha tilida soni "PES" o'ynaydiganlar bo'lsa, ular yaxshi bilishadi. Futbolchilarni o'yin oldidan "nastroenie"si zo'r bo'lsa, qizil. Yaxshi bo'lsa, yashil va yomon bo'lsa, oq chiqadi. Bugungi futbolchilar "oq" chiqishgandek. Juda og'ir o'ynashmoqda.
36` Mitroglu o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Gekas maydonga tushdi. Qani shovvoz, o'zingni ko'rsat!
34`Bu o'yinga kim bomba tashlay olarkin? O'yin qizitish kerak!
32`Mitrogluga tibbiy yordam ko'rsatildi va u maydonga qaytdi. O'yin davom etadi. To'p "samuraylar"da. Jimjitlik davom etmoqda...
30
29` ZARBISHEEEEE! Xonda!!!!!!!!!! Karnezissssss!!!!!! Keysuke Xonda to'pni jonli devordan chiroyli tarzda o'tkazib, darvozani nishonga oldi. Kanezis esa to'pga tashlandi va qaytarib yuborishni uddasidan chiqdi.
28` Xonda va Yaponiya uchun ajoyib imkoniyat! Xavfli nuqtadan jarima to'pi!
27` Gretsiya futbolchisi Katsunaris hakamning sariq kartochkasi bilan siylandi.
25` Bunaqangi o'yin bilan bu ikkala jamoa guruhda qolib kyetishadi.
24` Yaponiya jarima zarbasini amalga oshirdi. Jarima maydonchasi tomon noaniq uzatilgan to'p hujumni buzib qo'ydi.
22` Gretsiya ham hujumga o'tmoqda. Chap qanotdan uyushtirilgan hujum samarasiz yakunlandi.
21` Hozircha hammasi juda oddiy. Yaponiya to'p bilan muomalada. Bazi vaziyatlarda esa darvoza tomon zarba berilmoqda. Mana o'sha bittasi, Osako zarba yo'lladi. Noaniq.
20` Darvoza tomon zarbacha! Yamaguchining tepgan to'pini Karnezis egallab oldi.
19` Gretsiya har doim o'z ananasiga sodiq qoladi. Yani, zerikarli futbol namoyish etishadi.
18` To'p bilan raqib jarima maydnchasigacha borish bu hujum emas, bu urinish. Yaponiyaning navbatdagi urinishi besamar ketdi.
17` Yaponiya shoshilmayapti. To'g'ri hali vaqt ko'p. Lekin bu qadar o'ynayversa, vaqt o'tib ketaveradi.
15` Yaponiya to'pni o'ziniki qilib olgan. Raqibga bergisi yo'q. Voy baraka topgur, hujumga o't. Ha mayli, bo'lmasa to'pni raqibga ber, hujum qilsin!
13` Yaponiya sardori uyalmay raqibini futbolkasidan tortib qoldi. Buni hamma ko'rdi. Hakam ham albatta. Ogohlantirish.
12` Hozircha kichik epizodlar. Diqqatga sazovor vaziyatlar yo'q. O'yin tezligi pastroq.
10` To'p bilan muomalada bo'lish foiz ko'rsatkichida 70 ga 30 Yaponiya foydasiga ekan.
9` Uchida ancha faol. Ushbu futbolchining tezligi va futbolni aql bilan o'ynay olishi uning eng asosiy yutuqlaridan biri.
8` Osiyoliklar pozicion hujumga o'tishmoqda. Xondani bugun ikki nafar gerk futbolchisi ushlashmoqda.
6` Yaponiya yomon emas. Bu jamoa Gretsiyani mag'lub eta oladi. Lekin buning uchun butun o'yin davomida bir tempda o'yinni olib borish kerak.
5` Gretsiya burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin Yaponiya himoyachisi xavfni tezda bartaraf eta oldi.
4` Yaponiyaning umidi Xonda, Uchida, Okazaki va Nagotomo kabi futbolchilardan. Gretsiya yetakchilari esa Samaras, Mitroglu, Torosidis esa bugun o'z jamoalari g'alabasiga katta hissa qo'shishlari kutilmoqda.
3` Gretsiya o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi.
2` YAPONIYA!!!!! Ancha qaynoq boshlandi debyut! Okuboning faolligi sal qolsa gol bilan yakunlanishi mumkin edi!
1` Yaponiya - Gretsiya bellashuviga start berildi! Boshladik...
Davlat madhiyalari jarang soladi endi...
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarni yakunlashdi va kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Birozdan so'ng saf tortib chiqib kelishadi. O'ylaymizki, bir ozdan so'ng saytimizning fidoiy yuzerlari ham futbol ko'rish uchun uyqudan uyg'onib kyetishadi! Jahon chempionati paytida uyquni biroz "yig'ishtirib" qo'ysak ham bo'ladi! To'rt yilda bir keladi-ya mundial! Hali zerikib, sog'inib kutamiz bu damlarni...
Bugun kimdir Yaponiyaga muxlislik qiladimi? Gretsiyagachi? Nahotki Evro-2004dan keyin greklar muxlislari paydo bo'lishmagan bo'lsa? Haqiqiy futbol ishqibozlari hech kimga muxlislik qilishmasada, bu o'yinni ham ko'rishsa kerak-a?
Bu ikkala jamoalar birinchi turda o'z raqiblaridan ustun kela olishmagan va bugun barcha kuch-g'ayratlarini ushbu bellashuv sarflashni maqsad qilishgani tabiiy. Yutqazgan jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotadi. Shu bois, bu uchrashuv qiziqarli kechishi kerak.
Uyquni bir chetga surib, saytdagi xabarlar lentasini bir aylanib kelinglar! Ha demay o'yin ham boshlanadi...
Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Navbatdagi futbol bellashuvini ko'rishga tayyorgarlik ko'rayotganlar bormi? Unday bo'lsa, juda yaxshi. Yaponiya - Gretsiya uchrashuvi Sizga ajoyib futbol-shousini taqdim berishiga umid qilib qolamiz! Kamina esa ushbu o'yinni sharhini yozib boradi. Kim deysizmi? Tanimadingizmi? Tanidingiz? Ha, unday bo'lsa yanayam yaxshi. To'g'ri, o'sha Shahboz Beg'amov yana Sizlar bilan birga.
- O'yin soat 03:00da boshlanadi.



