Yanuzay va Darmian "Bornmut"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
14 may 2016, 12:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Bornmut"ga qarshi APLning 38-tur uchrashuvidan oldin jarohatlangan futbolchilar haqida ma'lumot berdi.

"Eshli Yang jarohatidan qutildi, ammo u bor-yo'g'i bitta mashg'ulotda ishtirok etdi. Adnan Yanuzay esa jarohat oldi. U Angliya Kubogiga tayyor bo'ladimi, yo'qmi, kutish kerak.

Darmian avvalgidek davolanyapti. Bastian va Shou zaxirada. Lyuk formasini tiklash uchun ko'proq ishlashi kerak" - deydi gollandiyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com