

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi bu haqda bazi jamoadoshlariga aytgan. Ronaldu faoliyatini sobiq klubi "Manchester Yunayted"da davom ettirmoqchi. Ingliz klubidagilar Ronalduning istagi haqida bilishadi.
Futbolchi o'zini "Real" rahbariyati tomonidan aldangandek his qilmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres yozda unga maoshini oshirib berishni vada qilgan edi, ammo bu sodir bo'lmadi.
Oldinroq, Ronaldu maoshi boshqa futbolchilarnikidan kam bo'lgani tufayli etiroz bildirgani e'lon qilingan edi.



