Yana bir top-klub Antoniga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025, 19:19
"Betis" vingeri Antoni Ispaniyadagi o'yinlari bilan Yevropa grandlarining e'tiborini tortdi.

Sevilyaliklar 24 yoshli futbolchini yanvarda "Manchester Yunayted"dan ijaraga oldi, shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi. Antoni "Betis" tarkibida 6 o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Fichajes"ning xabar berishicha, Turinning "Yuventus" klubi braziliyalik uchun kurashga qo'shilgan. 

Avvalroq OAVda futbolchiga Myunxenning "Bavariya" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Antonining MYU bilan kelishuvi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali vingerni 20 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes