Xurshid G'iyosovning onasi: "Har bir ona farzandining ishtirokini ko'zida yosh bilan tomosha qilgani aniq"

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2015, 19:57
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentga qaytib kelgani haqida xabar berdik. Aeroportda Xurshid G'iyosovning onasi o'z fikrlarini bildirishga rozi bo'ldi.
- Farzandlarimiz ishtirokidagi barcha o'yinlarni butun oila a'zolarimiz birgalikda, yurakda hayajon bilan tomosha qildik. Ularning shu darajalarga erishishlari yo'lida tinmay mehnat qilgan murabbiylardan, farzandlarimiz uchun cheksiz imkoniyatlar yaratgan davlatimizdan juda minnatdormiz. Turmush o'rtog'imning futbolga bo'lgan mehr-muhabbati o'g'lim Xurshidbekka ham o'tgan. Uning jahon miqyosidagi o'yinlarda yurtimiz faxri bo'lib ishtirok etayotganini ko'rish bizga cheksiz quvonch baxsh etadi. Bir narsani ishonch bilan ayta olamanki, har bir ona farzandining ishtirokini ko'zida yosh bilan tomosha qilgan. Yigitlar borini berib harakat qilishdi, hech afsuslanmayman, ular haqiqatda kuchli ekanliklarini, yuraklari shijoatga limmo-lim ekanligini har bitta o'yinda isbotlay olishdi. Barchasiga baxt, omad, yuksak marralar tilab qolaman.


Gulshan Sadullaeva yozib oldi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia