Xosep Gvardiola: Shpion mavzusi yopildi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2013, 10:20
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Borussiyaga qarshi o'yindan oldin klub sirlarini sotgan futbolchi borasida fikr bildirdi.
Biz bu mavzuni yopamiz. Katta klublarda bunday holatlar bo'lib turadi.

Shunchaki klub ichidagi ishlarni tashqariga olib chiqish to'g'ri emasligini aytib o'taman xolos, – deydi Gvardiola.

Gvardiola Borussiyaga qarshi o'yindan sirlarni sotgan futbolchini topib Bavariyadan haydashini ma'lum qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru