Xosep Gvardiola: "Gyotcega biroz vaqt berish kerak xolos"
Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 16:28
Bavariya ustozi Xosep Gvardiola klub yarim himoyachisi Mario Gyotcega yangi jamoaga qo'shilib ketishi uchun ozgina vaqt kerakligini ma'lum qildi.
- Gyotce – g'aroyib o'yinchi. U juda aqlli futbolchi. Raqib jarima maydoni ichida yaxshi harakat qiladi. Mario to'g'ri yo'lda, unga biroz vaqt kerak. Bir nechta o'yinlar o'tkazsa jamoaga qo'shilib ketadi, - deydi Gvardiola Bild nashriga.