Xoland: "Men Angliyada tug'ilganman va butun umr "Siti"ga muxlislik qilganman"

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022, 20:11
Erling Xoland butun umri davomida "Manchester Siti"ga muxlislik qilganini aytdi.

"Men Angliyada tug'ilganman va butun umrim davomida "Siti" muxlisi bo'lganman. Klub haqida ko'p ma'lumotga egaman, bu yerda o'zimni uydagidek his qilyapman.

O'ylaymanki, muvaffaqiyatga erisha olaman va "Man Siti"da eng yaxshi o'yinimni ko'rsata olaman.

- So'nggi yillarda "Siti" o'yinlarini ko'p ko'rgan bo'lsangiz kerak. Jamoaning uslubi sizga mos keladimi?

- Albatta. Agar shunday o'ylamaganimda, klubni almashtirmagan bo'lardim.

Menga hujumkor futbol uslubi, “Siti”ning ijobiy kayfiyati yoqadi”, - dedi 21 yoshli norvegiyalik forvard.

Eslatib o'tamiz, Erlingning otasi Alf-Inge Xoland Angliyaning uchta jamoasi - "Manchester Siti", "Lids" va "Nottingem Forest"da o'ynagan.

Bugun Manchester klubi Dortmundning "Borussiya"si va Norvegiya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisini sotib olganini rasman ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports News