

"Runi kiyinish xonasida yoki murabbiy sifatida jamoadoshlariga foydali bo'lishi ahamiyatga ega emas. Bizga futbol o'ynab, jamoani ortidan ergashtira oladigan Runi kerak. Ueyn Evro-2016gacha formasini tiklab oladi degan umiddaman, chunki unga jamoada joy kafolatlanmagan. Tarkibda bunday tajribaga ega futbolchi bo'lishi - bu ustunlik" - deydi Xojson.
Runi APLning joriy mavsumida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi.



